Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi transport integratsiyasiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aytdi
Transport qatnovini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qarashlarning yetishmasligi Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro transport tashuvlari tizimiga integratsiyalashuvini ushlab turibdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollari va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytiladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘qib eshittirilgan murojaatda mintaqaning xalqaro transport tizimiga integratsiyalashuviga to‘sqinlik qiluvchi bir qator omillar tilga olinadi.
«Mintaqadagi davlatlarning xalqaro transport tizimiga integratsiyalashuvi haqida so‘z yuritar ekanmiz, bu ijobiy jarayon bir qator omillar bilan cheklanib qolayotganini aytishimiz kerak. Avvalambor - transport qatnovini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qarashlar va yondashuvlarning yo‘qligi», - deyiladi murojaatda.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, viza, tranzit va bojxona jarayonlarini soddalashtirish kerak. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar qatorida: tarif siyosatini uyg‘unlashtirish, transport infratuzilmasini takomillashtirish va istiqbolli transport yo‘laklarini shakllantirish.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026