Jahon | 20:49 / 20.09.2018
7291
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Google’ni 15 million dollar jarimaga tortdi

Foto: RIA Novosti

Turkiya monopoliyaga qarshi qo‘mitasi mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minot sotish sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun Google kompaniyasi 93 million lira (qariyb 15 million dollar) jarima to‘lashi kerakligi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda qo‘mita xabarida aytilmoqda.

"Google, Google International va Google Reklamcilik kompaniyalarini mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minot sotish sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun 93 million turk lirasi miqdorida jarimaga tortish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu kompaniyalar olti oy ichida mazkur qoidabuzarlikni bartaraf etishi va bozorda samarali raqobatni tiklashi lozim", — deyiladi qo‘mita xabarida.

Mavzuga oid