Sport | 15:30 / 23.09.2018
32875
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Shahram G‘iyosov g‘alabasini yana Ronaldu uslubida nishonladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 22 sentabr oqshomida Londondagi «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazib, nikaragualik Xulio Laguna ustidan g‘alabaga erishdi.

8 raundga mo‘ljallangan jangning to‘rtinchi raundida Shahram G‘iyosov kuchli raqibini ringga qulatganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik bokschi  professional ringdagi beshinchi jangida beshinchi g‘alabasiga erishdi.

U o‘zining navbatdagi g‘alabasini nishonlay turib, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu gol urganda amalga oshiradigan xatti-harakatni takrorladi.

Qayd etish kerakki, G‘iyosov 2016 yili Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiada davomida ham g‘alabali janglaridan keyin Krishtianu Ronalduga taqlidan harakat qilib, o‘z g‘alabasini nishonlagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid