Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha konsepsiya tasdiqlanadi
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini 2019-2022 yillarda oshirish bo‘yicha konsepsiya tasdiqlanadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori loyihasida aytiladi.
Kontseptsiyada quyidagilar bilan kurash strategik ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi:
a) yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xatari omillari:
nosog‘lom ovqatlanish;
kam jismoniy faollik;
ortiqcha tana massasi;
tamaki va alkogol iste'mol qilish, kalyan va elektron sigaretalar chekish;
qon bosimining yuqoriligi, glyukoza va qondagi xolesterinning yuqori darajasi.
b) to‘rt guruhdagi kasalliklar:
yurak-qon tomir kasalliklari: arterial gipertoniya, miokard infarkti; insult;
qandli diabet;
nafas olish organlarining xronik kasalliklari; o‘pka kasalliklari; bronxial astma;
salbiy o‘simtalar: oshqozon osti bezi saratoni, o‘pka saratoni va boshqalar.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
17:48 / 26.12.2025
Bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni yanada kuchaytiriladi
18:45 / 16.10.2025
Rossiyada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
18:08 / 10.10.2025