Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirga pora sifatida berilgan 2 million dollar pul FXX generaliga qaytariladigan bo‘ldi
Moskva shahar sudi sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevga pora sifatida berilgan 2 million dollar pulni "Rosneft" xavfsizlik xizmatining sobiq boshlig‘i, FXX generali Oleg Feoktistovga qaytarib berish to‘g‘risidagi qarorni qonuniy deb topdi.
Ma'lum qilinishicha, u pulni "Rosneft" rahbari Igor Sechinga operativ tajriba o‘tkazish uchun bergan.
2017 yil 15 dekabrda Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Ulyukayevni "Rosneft" rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olishda aybdor deb topgan va uni sakkiz yilga qat'iy rejimdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qilgandi.
Shuningdek, Aleksey Ulyukayevga 130 million rubldan ortiq miqdorda jarima jazosi ham tayinlangan.
Sud jarayonida ma'lum bo‘lishicha, FXX generali Oleg Feoktistov operativ tajriba o‘tkazishda Ulyukayevga pora sifatida berilgan va musodara qilingan pulni tanishi "xususiy investor" Valeriy Mixaylovdan olgan.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
18:28 / 12.06.2026