Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDHga a'zo yetti davlat maxsus xizmatlari shartli terrorchilarga qarshi operatsiya o‘tkazdi
Foto: RIA Novosti / Mixail Voskresenskiy
MDHga a'zo yetti davlat maxsus xizmatlari terrorchilik tashkilotlarining yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda MDH aksilterror markazi matbuot xizmati xabar qildi
O‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichi 4-6 sentabrda yetti davlat hududida bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotlari dasturiga ko‘ra, xalqaro terrorchilik tashkilotlari emissarlari messenjerlar orqali MDH davlatlari hududida buyruq kutayotgan yashirin guruhlar a'zolari bilan bog‘lanishadi va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun Qirg‘izistonga bir guruh jangarilarni jo‘natishadi. Ularning qurollanishi uchun terrorchilik tashkiloti a'zolari O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali Qirg‘izistonga yetkazib berish maqsadida Afg‘onistondan Tojikistonga qurol-yarog‘ jo‘natishadi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida Qirg‘iziston maxsus xizmatlari terrorchilarning muloqoti Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi IP-manzillardan amalga oshirilganini aniqlashdi. Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari xalqaro terrorchilik tashkilotining shartli emissari va shartli jangarilarni qo‘lga oldi. Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari mazkur davlatlar hududlari orqali qurol olib o‘tilishining oldini olishdi. Bundan tashqari, MDH davlatlari moliya razvedkasi ushbu "terrorchilik tarmog‘i"ni moliyalashtirayotgan shaxslarni aniqladi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
19:54 / 22.12.2025
Ukraina razvedkasi Lipetskda ikki qiruvchi yoqib yuborilganini ma’lum qildi
17:48 / 22.12.2025