Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Rossiya bilan tinchlik shartnomasi zarurligini bildirdi
Foto: Aleksey Drujinin/RIA Novosti
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Rossiya bilan tinchlik shartnomasining imzolanishi Osiyoda tinchlik uchun asos yaratadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Abening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yaponiya bugungi kunda 70 yillik muammoni hal qilishga intilmoqda. Uning ta'kidlashicha, tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha masalani hal qilish zarur. Yaponiya bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yangi uchrashuv o‘tkazilishi haqida ham e'lon qilgan.
«Yaponiya va Rossiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi mavjudligi tufayli Shimoli-Sharqiy Osiyo o‘z tinchligi hamda farovonligi uchun yanada mustahkam poydevorga ega bo‘ladi», - dedi Abe.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Yaponiyaga taklif bilan chiqqandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega 2018 yil oxirigacha tinchlik shartnomasini dastlabki shartlarsiz imzolash bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Mavzuga oid
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12
AQSh va Rossiya yana yadroviy qurollanish poygasi yoqasida
14:35
Rossiyaning Zaporijjya tug‘uruqxonasi va tumanlariga zarbalari: kamida 9 kishi yaralandi
13:32