Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya boş vaziri Sindzo Abega 2018 yil oxirigaça tinçlik şartnomasini dastlabki şartlarsiz imzolaş böyiça taklif bilan çiqdi. U 12 sentabr, çorşanba kuni Şarqiy iqtisodiy forum doirasida şunday bayonot berdi.
«Menga bir ğoya keldi: keling, tinçlik şartnomasini imzolaymiz, lekin hozir emas, yil oxirigaça. Har qanday dastlabki şartlarsiz», - dedi Rossiya yetakçisi. Uning sözlariga köra, şartnoma asosida mamlakatlar bahsli masalalarni hal qilişda davom etadi.
«Tabiiyki, bu bizga 70 yildan beri hal qila olmayotgan barça muammolarga yeçim topişda yordam beradi», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Avvalroq, Abe Şarqiy iqtisodiy forum doirasida Moskva va Tokio örtasida tinçlik şartnomasining yöqligi ğayritabiiy holat ekanligini ta'kidlab ötdi.
Rossiya va Yaponiya örtasidagi tinçlik şartnomasi 70 yildan ortiq vaqt mobaynida imzolanmayapti. Tokio Iturup, Kunaşir, Şikotan va Haboman orollari qaytarib berilişini talab qilmoqda. Moskvaning fikriça, Janubiy Kurillar Ikkinçi jahon uruşidan keyin SSSR tarkibiga kirgan va ularning ustidan suverenitetga şubha qilib bölmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya Rossiyaga protest bildirgandi.
Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga janubiy Kuril orollarida Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganiga bağişlangan tadbirlar tufayli Rossiyaga protest bildirdi.












