Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh maxsus xizmatlari Xitoy fuqarosini josuslikda ayblab hibsga oldi
AQSh maxsus xizmatlari Chikagoda Xitoy fuqarosi Tszi Chaotsyunni Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olinmagan agent sifatida faoliyat ko‘rsatganlikda, ya'ni josuslikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Chikagoda yashagan 27 yoshli xitoylik Tszi Chaotsyun AQSh hududida XXRning noqonuniy agenti sifatida faoliyat ko‘rsatganlik ayblovi bilan gumonlanib hibsga olindi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tszi Chaotsyun AQShda Tszyansu provinsiyasi davlat xavfsizlik xizmatining yuqori lavozimdagi razvedka xodimi topshirig‘i bo‘yicha ish olib borgan. U razvedka xodimiga sakkiz nafar shaxs haqida ma'lumot yetkazishi kerak bo‘lgan.
Aytilishicha, ular orasida AQShda ishlayotgan injyener va olimlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026