Eron Fors ko‘rfazida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini istaydi – Hasan Ruhoniy
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasidagi nutqida Tehron Fors ko‘rfazi davlatlari bilan Kaspiybo‘yi davlatlari bilan o‘rnatilgan yaxshi munosabatlar kabi munosabatlarni istashini ta'kidlab o‘tdi.
Ruhoniy qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilash, xavfsiz va taraqqiy etgan mintaqani yaratish Eron tashqi siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kirishini aytgan va bunga misol tariqasida bir necha hafta avval Eron va 4 ta Kaspiybo‘yi davlati Kaspiy dengizining huquqiy maqomi haqidagi konvensiyani imzolaganini eslatib o‘tgan.
“Ishonchim komil, bu tarixiy qadam yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlaydi va barcha Kaspiybo‘yi davlatlari bilan taraqqiyotga olib keladi. Biz Fors ko‘rfazidagi janubiy qo‘shnilarimiz bilan ham shunday yaxshi munosabatlarni istaymiz”, deb aytgan Ruhoniy.
12 avgustda Qozog‘istonning Aktau shahrida Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va Eron yetakchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv natijalariga ko‘ra Kaspiybo‘yi mintaqasi uchun tarixiy hujjat – Kaspiy dengizining huquqiy maqomi haqidagi konvensiya imzolangan. Bu hujjat ustida 22 yil davomida ish olib borilgan. Hujjat dengiz ostidan suv osti quvurlarini yotqazish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024