Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga qarshi qat'iy sanksiyalar kiritishga va'da berdi
AQSh Eronning "yovuz niyatli" faoliyatiga qarshi qat'iy sanksiyalar kiritishda davom etadi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp BMT Xavfsizlik kengashi (XK) yig‘ilishida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Amerikaning Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq barcha sanksiyalari noyabr oyi boshida to‘liq kuchga kiradi. Shundan so‘ng AQSh Eronning yovuz niyatli faoliyatiga qarshilik qilish maqsadida qo‘shimcha, avvalgidan-da qat'iy sanksiyalar kiritishda davom etadi", - dedi Tramp.
"Bu sanksiyalarni bajarmaydiganlar jiddiy muammolar bilan to‘qnashadi", - deya ishontirdi Amerika yetakchisi. U BMT XK a'zolariga Eronga nisbatan birgalikda chora ko‘rishni so‘rab murojaat qildi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026