101 o‘zbek jangchisining insonparvarlik g‘alabasiga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazildi
Urush... Qonli janggoh... Ota-ona, opa-singil, sevikli yor, qon-qarindosh, Vatan uchun maydonga kirgan mardlarni yer tishlatgan qop-qora so‘z. «Urush noming o‘chsin jahonda» deb yolvorganlarning akasi, otasi, o‘g‘li, uning iskanjasidan omon kelmagan. Tishlangan non esa hamon rizqi bu dunyodan uzilgan egasini kutadi... «Oy borib, omon qayt» deb navqiron, to‘y ko‘rmagan o‘g‘lini urushning shafqatsiz qo‘llariga tutqazgan ona kecha-yu kunduz bedor...
Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida tashkillashtirilgan II jahon urushiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishida xuddi shu manzaralar ham aks etdi. 1941 yil jami 6 million aholisi bor O‘zbekistondan 1,5 millionga yaqin kishi Vatan tinchligi, yurt tuprog‘i uchun jangga otlandi. Afsuski, ularning orasidan ona yurtga qaytib kelganlar soni juda-juda oz edi.
Gollandiya hududidagi Amersfort lagerida qahramonlarcha halok bo‘lgan, fashistlar tomonidan ham ruhan, ham jismonan og‘ir qiynoqlarga solinsa-da, ularning poyiga mag‘rur boshini qo‘ymagan, oxirgi nafaslari qolguncha Vatanini sotmagan, och-nahor, eng og‘ir ishlarga jalb etilsa-da, ahilligini yo‘qotmay, bir-birini suyagan, insonparvarlik g‘alabasini qozonib, shafqatsizlarcha otib tashlangan 101 nafar o‘zbek jangchisi esa bugungi bolalar uchun chinakam ibrat, faxr-iftixor, g‘urur baxsh etadi.
Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida II jahon urushida fashizmga qarshi kurashda ishtirok etgan o‘zbekistonliklarning nomini abadiylashtirish, mardona kurashgan ota-bobolarimizning hayoti misolida yosh avlodni tarbiyalashga mo‘ljallangan «101» loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.
Mazkur «101» loyihasi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Respublikaning boshqa davlat tashkilotlari tashabbusi bilan tadqiqotchi janob Remko Reyding boshchiligidagi Niderlandiya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidagi «Yoshlar press-klubi»da niderlandiyalik delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv «101» nomli installyatsiya bilan boshlandi.
Uchrashuvda tadqiqotchi va jurnalist janob Remko 20 yildan buyon tadqiqot olib borayotgan «101 o‘zbek jangchisi» haqida so‘zlab berdi: «Bundan yigirma yilcha oldin, shahar yaqinidagi Sovet qabristoni haqida eshitib qoldim va u yerga bordim. Ushbu qabristonga 865 nafar Sovet askari ko‘milgan ekan. Meni ajablantirgan holat ular orasida 101 askarning shaxsiyati va ismlari haqida umuman ma'lumot yo‘q edi. Uning o‘rniga qabrtoshlarga “noma'lum sovet jangchisi” degan bitik yozilgandi, xolos. Bu holat meni o‘ylantirib qo‘ydi. O‘ylab ko‘ring, yurti uchun, tuprog‘i uchun urushga ketgan odamni nomsiz-nishonsiz o‘tishi adolatdan emas, axir. Shuning uchun ularning nomini tiklash kerak degan vijdon amri meni tinch qo‘ymadi. Bir qator arxiv ma'lumotlarini o‘rganib, guvohlarni izladim. Menga bu ishda o‘sha paytda o‘smir bola bo‘lsa-da, fashist tadqiqotchilarining yovuzliklariga guvoh bo‘lgan, hozir 91 yoshdagi niderlandiyalik Xenka Brukxauzen o‘z xotiralari bilan yordam berdi. Yana bir noyob ma'lumot - gollandiyalik kommunist rassom tomonidan qalamda chizilgan ikki surat saqlanib qolgan. Ularning orqasiga – biriga Hotam Qodirov, ikkinchisiga Zoir Muratov deb yozilgan. Boshqa o‘zbek jangchilari esa hozirgacha noma'lum. Shuning uchun davlat arxivlaridan o‘sha qahramon o‘zbeklarning ismini topib, qaysidir ma'noda yurtingizning mardlarini o‘z diyoriga qaytarish uchun O‘zbekistonga keldik».
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan so‘zlagan nutqida «El-yurtimizning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi badiiy asarlarda hali to‘liq ochib berilmagan, deb hisoblayman. Ota-bobolarimizning buyuk qahramonligi haqida yangi asarlar yaratish lozim. Bu borada kitob-albom nashr qilish vaqti keldi. O‘ylaymanki, bu adolatli bo‘lardi», deb ta'kidlagan edi. Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayaning «Sto odin» nomli tarixiy romani yurtboshimiz so‘zlarining amaliy ifodasi bo‘ldi.
Chunki ushbu roman real voqealarga asoslangan bo‘lib, Amersfort konslagerida otib yuborilgan 101 o‘zbek qahramoni haqida hikoya qiladi. Tadbirda mazkur tarixiy romanning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Roman O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hisobidan chop etilib, hozirda o‘zbek tilidagi nusxasi ham nashrga tayyorlanmoqda. Eng quvonarlisi, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu tarixiy roman asosida badiiy film suratga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi va juda katta mablag‘ ajratildi. 2020 yilda ushbu film tomoshabinlar e'tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.
Anjumanda 101.uz portali ishga tushirilgani haqida ham ta'kidlab o‘tildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Niderlandiya delegatsiyasi 4 oktabrgacha O‘zbekistonda bo‘lib, yoshlar ittifoqi ko‘magida Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga tashrif buyurib, davlat arxivlarida va FHDYolarda uchrashuvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari yangi tashkil etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga va Kinematografiyani rivojlantirish markaziga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

21:29 / 13.01.2020
Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizom qabul qilinishi nega kechikyapti? - Vazir izoh berdi

19:12 / 20.07.2019
«Yoshlar press-klubi»da test sinovlarini shaffof o‘tkazishni ta'minlash masalasi muhokama qilindi

12:10 / 30.06.2019
O‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan yoshlar

18:02 / 28.05.2019