Rossiyaning eng yirik kompaniyalari reytingi e'lon qilindi
Forbes nashri tuzgan, Rossiyaning eng yirik kompaniyalari reytingiga ko‘ra “Lukoyl” kompaniyasi 5,47 trln rubllik yillik tushum bilan Rossiyaning eng yirik kompaniyasiga aylandi.
Hammasi bo‘lib reytingga 50 foizdan ko‘proq aksiyasi xususiy mulkdorlarga tegishli bo‘lgan 200 kompaniya kiritilgan. Reyting 2017 yilda qo‘lga kiritilgan tushum asosida tuzilgan. Birinchi o‘ntalikdan neft-gaz, reteyl va metallurgiya sohasidagi kompaniyalar joy olgan.
Reytingda 2-o‘rinni katta farq bilan X5 Retail Group egallagan, uning yillik tushumi 1,29 trln rublni tashkil qilgan. Kompaniyaga 77,8 foiz daromadni “Pyaterochka” tarmog‘i keltirgan. 2017 yil oxiriga ko‘ra bu tarmoqqa 11225 ta do‘kon kirgan.
3-o‘rinni 1,27 trln rubllik yillik tushum bilan “Surgutneftegaz”, 4-o‘rinni 1,14 trln rubllik tushum bilan “Magnit” egallagan.
5-o‘rindan “Tatneft” (681,2 mlrd rubl), 6-o‘rindan “Megapolis” kompaniyalar guruhi (655,7 mlrd rubl), 7-, 8- va 10-o‘rinlardan Evraz (631,3 mlrd rubl), NLMK (587,1 mlrd rubl) va Rusal (581,3 mlrd rubl) metallurgik xoldinglari o‘rin olgan. 9-o‘ringa esa tabiiy gaz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “NOVATEK” kompaniyasi qo‘yilgan (583,2 mlrd rubl).
Reytingga kiritilgan 200 kompaniyaning umumiy tushumi bir yil ichida 12 foizga o‘sib, 36 trln rublni tashkil qilgan. Kompaniyalar ichida ko‘mir ishlab chiqaruvchi kompaniyalar eng ko‘p miqdorda (o‘rtacha 42,8 foizga) boyigan. Bunga erishishda ularga ko‘mir narxlarining o‘sishi qo‘l kelgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
20:51 / 04.10.2024