O‘zbekiston | 12:55 / 27.09.2018
9317
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshshahartransxizmat»​ning bosh muhandisi va ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatildi

Illyustrativ foto

«Toshshahartransxizmat»​ AJning uch nafar katta lavozimdagi xodimlari​ vazifasidan ozod etildi. Bu haqda jamiyat Axborot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun bosh muhandis Abdujamil Azizov, dispetcherlik qismi mutasaddi xodimi hamda 5-avtobus saroyi direktori ​lavozimida ishlagan Murod Musaxo‘jayev ishdan bo‘shatilgan. 

Kun.uz muxbirining aniqlashicha, Musaxo‘jayev yo‘nalishdagi avtobuslarni GPS moslamalarisiz harakatlanishiga chora ko‘rmagan.

«Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ulardan biri – GPS nazoratini tubdan takomillashtirish, xususan, tizim orqali avtobuslarning qatnovlari sonini avtomatik tarzda hisoblab borish belgilangan. Shuningdek, bosqichma-bosqich dispetcherlik xizmatidan voz kechgan holda, avtobuslar harakati nazoratini to‘la kompyuterlashtirish ham ko‘zda tutilmoqda»​, deyiladi jamiyat xabarida.​​

Mavzuga oid