Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaga yetkazib beriladigan S-300 necha pul turadi va u nimalarga qodir?
24 sentabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya ikki hafta ichida suriyalik harbiylarga S-300 zenit-raketa majmuasini (ZRM) yetkazib berishini ma'lum qildi.
Bu Latakiyada urib tushirilgan Il-20 ga javob chorasi sifatida ko‘rilmoqda.
Isroilni tashvishga solib qo‘ygan, bundan avvalroq AQShning Turkiya bilan munosabatlari yomonlashishiga sabab bo‘lgan bu zenit-raketali majmua qanday qurol?
Ishlab chiqarish qachondan boshlangan
S-300 tizimi “Almaz” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mahsuloti bo‘lib, 1975 yildan tizimni turkum ishlab chiqarish boshlangan. 1978 yilda uni sinovdan o‘tkazish yakunlangan va bir yildan so‘ng dastlabki majmua jangovar navbatchilikka qo‘yilgan.
Mazkur tizim turli raketalar, radarlar, mudofaa imkoniyati, balanddagi yoki uzoqdagi nishonlarni yo‘q qilish xususiyatlari bilan farqlanib turuvchi bir nechta modifikatsiyalarga ega.
Nimalarga qodir va narxi qancha turadi?
Suriyaga yetkazib berilishi mo‘ljallangan S-300 PMU-2 tizimi yirik sanoat va ma'muriy obektlarni harbiy bazalarni havo hujumidan mudofaa qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 3 kilometrdan 200 kilometrgacha masofadagi samolyotlarni va 5 kilometrdan 40 kilometrgacha masofadagi raketalarni urib tushira oladi. U nishonni 300 kilometr masofadan aniqlashga qodir.
ZRM bir vaqtning o‘zida oltita nishonni mo‘ljalga olishi va ularga qarshi o‘n ikkita raketa yo‘llashi mumkin. Nishonni aniqlashdan tortib uni kuzatish, mo‘ljalga olish, raketani nishonga to‘g‘rilash, vazifa qay darajada bajarilganligini baholashgacha bo‘lgan barcha vazifalar raqamli hisoblash vositalari yordamida avtomatik ravishda bajariladi. Majmua operatorining ishi tizim ishlashini nazorat qilish va raketani nishonga qarata yo‘llashdan iborat bo‘ladi xolos.
Norasmiy manbalarga ko‘ra, xalqaro bozorda S-300 PMU-2 tizimining bitta divizioni narxi 250 million dollar atrofida.
S-300 qaysi davlatlarda bor?
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda sobiq SSSR hududida Rossiyadan tashqari Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Ukraina, Yevropada Bolgariya, Kipr, Slovakiya, Osiyoda Vetnam, Eron, Xitoy, Shimoliy va Janubiy Koreya, shuningdek, Jazoir va Venesuela turli modifikatsiyadagi S-300 tizimlariga ega.
Nima uchun Suriyaga avvalroq berilmagan?
Ma'lumotlarda keltirilishicha, Suriya bilan 2010 yilda S-300 ZRM yetkazib berilishi bo‘yicha 400 mln dollarlik shartnoma imzolangan. AQSh va Isroil razvedka xizmatlarining bildirishicha, Rossiya 6ta S-300 zenit-raketa majmuasini yetkazib berishi lozim bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013 yil sentabrda bergan intervyusida bildirishicha, majmuaning alohida qismlari Suriyaga yetkazilgan, ammo Isroilning iltimosi bilan shartnoma bekor qilingan va bo‘nak puli Suriyaga qaytarib berilgan.
2018 yil aprelida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriyaga raketa zarbalari berilganidan so‘ng ushbu tizimni mamlakatga yetkazib berish masalasi yana ko‘tarilgandi. 24 sentabr kuni Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgach, Suriyaga S-300 ZRM yetkazib berishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026