Rossiya Suriyaga zamonaviy S-300 zenit raketa kompleksini taqdim etadi. Bu haqda RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu 24 sentabr, duşanba kuni xabar berdi, deb yozmoqda TASS.
«Suriya qurolli kuçlariga ikki hafta içida zamonaviy S-300 zenit raketa kompleksi taqdim etiladi. U 250 kilometrdan ortiq masofada havo hujumi vositalarini tutib olişi hamda bir vaqtning özida havodagi bir neçta obektni aniq nişonga olişi mumkin», - deya ma'lum qildi mudofaa mahkamasi rahbari.
Şoyguning sözlariga köra, S-300 özining imkoniyatlari va tezligi bilan Suriya havo hujumidan mudofaa tizimining jangovar salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlaşi kerak.
Iyun oyida Suriya prezidenti Başar Asad Rossiyadan S-300 zenit raketa komplekslari yetkazib berilişi haqida xabar bermasligini ma'lum qilgandi. «Uşbu komplekslar taqdim etilişi yoki etilmasligi haqida biz heç kimga xabar bermaymiz. Bu qurol, u haqida qaçon qöllanilsa, şunda bilib olişadi», - deya izoh bergandi öşanda u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Suriyada Rossiyaga tegişli Il-20 samolyotining halokatiga nima sabab bölganini ma'lum qilgandi.













