O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
28 sentabr kuni Dehli shahrida Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Hindiston-O‘zbekiston ishbilarmonlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston sanoat konfederatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Forum davomida O‘zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida qulay shart-sharoitlar yaratish uchun asos bo‘ladigan O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashi iqtisodiy muloqotni kuchaytirish maqsadida tashkil etilganini ta'kidladi. Uning aytishicha, bojxona tariflarini o‘zaro qisqartirish va erkin iqtisodiy zonalarda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashi turli sohalarda potensial investitsiya loyihalarini muhokama qilish va amalga oshirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq, transport aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida tranzit yo‘laklarini kengaytirish uchun maydonga aylanadi.
Ta'kidlanishicha, ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishlarida muhokama qilinadigan masalalar doirasini kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni yo‘naltirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida qator tashriflar tashkil etildi. Tashriflar doirasida Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi, Hindiston sanoat konfederatsiyasi va Hindiston-MDH Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirokida uchta biznes-forum o‘tkazildi. Toshkentda Hindiston ishbilarmon doiralarining 300 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11 ta yig‘ilishi tashkil etildi. Ushbu tashriflar natijasi o‘laroq Dehli shahrida Hindiston-O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tdi va unda 3 milliard dollarlik 50 dan ortiq investitsiya loyihalari imzolandi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
17:48 / 06.11.2024