Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook sun'iy ong sohasidagi bo‘linmasi xodimlari sonini ikki baravarga oshirmoqchi
Illyustrativ foto
Facebook 2020 yilga kelib o‘zining sun'iy ong yaratish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazuvchi bo‘linmasidagi (FAIR) xodimlar sonini ikki baravarga oshirmoqchi. Bu haqda ushbu guruh rahbari Yann Lekan Forbes jurnaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning aytishicha, ayni paytda FAIR (Facebook Artificial Intelligence Research) bo‘limida 180-200 nafar xodim ishlamoqda, yaqin ikki yil ichida esa ularning soni 400 nafarga yetkaziladi.
FAIR sun'iy ong sohasida fundamental tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Uning ayrim ishlanmalaridan Facebook "mahsulotlari"da foydalanilmoqda.
Kompaniya rahbariyati Facebook mazkur yo‘nalishda ushbu sohadagi boshqa firmalar bilan kuchli raqobatga duch kelmoqda.
"Bizga eng yaxshilar kerak... V albatta, yorqin iste'dodlilar uchun raqobatchilar bilan ko‘p kurash olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Ba'zida g‘alaba qozonamiz, ba'zan esa mag‘lub bo‘lamiz", - degan Nyu-Yorkdagi FAIR bo‘linmasining rahbari Rob Fergas.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025