Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk kompaniyasi Surxondaryoda shamol elektr stansiyasini 500 mln dollarga quradi
Surxondaryo viloyatini 2019-2030 yillarda rivojlantirish Kontseptsiyasi doirasida amalga oshiriladigan yangi loyiha iste'molchilarga arzon va ishonchli elektr energiyasi yetkazib beradi. Uni Turkiyaning “ETKO CO ENERJI A.S” kompaniyasi bunyod etadi, deb yozmoqda O‘zA.
Ayni paytda texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Viloyat hokimligi saytida xabar berilishicha, loyihaga xorijiy investitsiyalar hajmi 500 million dollarni tashkil etadi.
Mutaxassislarning fikricha, tog‘li tumanda shamoldan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyat mavjud. Bu yerda 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan yirik loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste'molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash sifati yanada oshadi, energiya uzilishlariga to‘liq chek qo‘yiladi. 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
19:55
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
17:20
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
18:28 / 20.06.2026