Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Tereza Mey siyosati Britaniyaning talablariga javob bermaydi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Konservatorlar partiyasidagi har yillik qurultoyda so‘zlagan nutqida faqatgina Brexit haqida gapirishdan ko‘ra, kengroq kun tartibini belgilashga urinib ko‘rdi, deya ta'kidlaydi Bloomberg agentligi.
Biroq, Britaniya bosh vazirining kursi juda kamtarin yutuqlar va ulkan xatolarning kombinatsiyasiga ega - Buyuk Britaniya oldida hozirgi paytda turgan vazifalarga ancha mos kelmaydigan sxema, deya aniqlik kiritadi agentlik.
Brexit’dan (Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi) tashqari, mamlakatning muammolari ancha tushunarli, deya bildiradi Bloomberg. Ish haqi miqdorining zaif o‘sishi hayot sifatiga putur yetkazdi, kuchsiz ishlab chiqarish esa o‘sishga to‘sqinlik qildi, deyiladi materialda. Bundan tashqari, qattiq iqtisod qilish yillari Britaniyada davlat xizmatlarining tanazzulga uchrashiga olib keldi. Uy-joylar narxining keskin o‘sishi qarzdorlikning ko‘payishi va imkoniyatlarning pasayishiga olib keldi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi agentlik.
Konservatorlar Britaniyadagi muxolifatni ham qo‘shish mumkin bo‘lgan chaqiriqlarga duch kelib, ehtimol, «Britaniya kapitalizmi»ni yaxshilash uchun jasoratli kun tartibini taqdim etishdi, deya ta'kidlanadi materialda. Biroq, hammasi boshqacha bo‘lishi kerak edi, deya hisoblaydi Bloomberg.
Partiya qurultoyida taklif etilgan qarorlarning ko‘pchiligi ancha jur'atsiz bo‘ldi, deya qayd etadi agentlik. Biroq, jasur bo‘lgan qarorlar - mamlakatda vaziyatni yaxshilashi dargumon.
Meyning Brexit’ning qat'iy tarafdori ekani ham yanada yomon ta'sir ko‘rsatmoqda. Britaniya bosh vaziri va uning partiyasi Brexit kun tartibidan tashqariga chiqish huquqiga ega, biroq aynan shu mavzu saylovchilarning Britaniya iqtisodiyotidan noroziliklarini keltirib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mey Britaniyaga keladigan kishilar uchun ustuvor jihatlarni belgilagandi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026