Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, Yevropa ittifoqi (YeI) tarkibidan çiqib ketgaç, çet ellik yuqori malakali mutaxassislar mamlakatga ustuvor tartibda qabul qilinadi. Bu haqda Reuters boş vazir bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Meyning sözlariga köra, Britaniyada mamlakatga kiruvçi çet ellik mutaxassislarning malakasini baholaş tizimi joriy etiladi. Uning ta'kidlaşiça, Britaniya hukumati qandaydir alohida mamlakat fuqarolariga ustuvor ahamiyat qaratmaydi.

«Bu dunyo böylab odamlarni izlaydigan va bizga kerakli bölgan malakaga ega şaxslarni jalb qiladigan tizim böladi», - deyiladi Meyning bayonotida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mamlakatga kelayotgan ba'zi işçilarga imtiyozlarni bekor qilgani xabar berilgandi.