Sport | 11:09 / 04.10.2018
19283
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov UFC rahbarini tanqid qildi

Foto: Getty Images

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dena Uaytni irlandiyalik Konor Makgregorni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid ostiga oldi.

Uayt bir necha bor Makgregorga yaxshi munosabatda ekanini ochiqdan-ochiq ma'lum qilgan, Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani chog‘ida esa u bilan spirtli ichimlik iste'mol qildi.

«Dena unga yoqish bo‘yicha o‘z harakatlarini to‘xtatishi kerak. U Konorning kamarlari qayerda ekanini qanday qilib so‘rashi mumkin? U so‘nggi ikki yil ichida nimalar sodir bo‘lganini bilmaydimi? UFC yengil vazn toifasida chempionlikka ega, endi esa u Konorning kamarlari qayerda ekani haqida gapiryapti. U adashib ketdi. U kamarlarini emas, balki aqlini yo‘qotgan.

UFC mening chempionligim borasida hech qanday salbiy pozitsiyada emas, sababi men nomimga dog‘ tushiradigan ish qilmaganman. Biroq, hozirda UFC’dagi barcha odamlar haqida hammasini ham bilmayman, kimdir Konor g‘alaba qozonishini xohlamoqda, chunki u juda mashhur, ular esa ko‘p pul ishlab olishi mumkin», - deya rossiyalikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ariel Xelvani.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yo‘q qilib tashlamoqchi ekani xabar berilgandi

Mavzuga oid