Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov murabbiysi Ali Abdul-Azizning irlandiyalik Konor Makgregor bilan yuzaga kelgan mojarosiga izoh berdi.
«Men siyosatçi emas, balki professional jangçiman. Agar Konorda menejyerim bilan muammo bölsa, u bilan gaplaşib olişi mumkin. Hatto u bilan jang qiliş imkoniyatiga ham ega. Alida Rentso Greysidan (MMA va jiu-jitsuning braziliyalik jangçisi) qora belboğ bor. U Konorni aniq böğib qöyadi», - deya rossiyalikning sözlarini keltiradi BJ Penn.
Şuningdek, Nurmagomedovning ta'kidlaşiça, Makgregorning oilasi va jamoasini özaro kelişmovçilikka aralaştirişni möljallamayapti.
«Menda u bilan muammo bor. Men u bilan jang qilaman. Uni mağlub etişni emas, balki çaplab taşlaşni xohlayman. Uning yuragi, ongini yöq qilişni. Biz haqiqiy çempion va şoh kim ekanligini bilib olamiz», - deya xulosa qildi u.
Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval özbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.












