Jahon | 14:52 / 05.10.2018
7550
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus ikki xorijiy josusni nomaqbul shaxs deb e'lon qildi

Foto: RBK

Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) rahbari Valeriy Vakulchikning xabar berishicha, Belarus ikki nafar chet ellik josusni non-grata shaxsi, ya'ni nomaqbul shaxs deb e'lon qildi. Bu haqda «BelTA» yozmoqda.

Vakulchikning so‘zlariga ko‘ra, bu tashqi siyosat va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq.

«Bu hafta biz ikki kishini non-grata shaxsi deb e'lon qildik», - deya ma'lum qilgan Vakulchik.

U bu shaxslar qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritmagan. KGB raisi josuslik tashqi siyosat bilan aloqador ekanini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya GRUning kiberhujumi oldi olinganini ma'lum qilib, mamlakatdan 4 rossiyalikni chiqarib yuborilgandi. 

Mavzuga oid