KUN.UZ tahririyatiga Xorazm viloyati, Gurlan tumanida istiqomat qiluvçi Matyaqubovlar oilasidan murojaat tuşdi. Unda 11 jon 2 xonali uyda qiynalib yaşayotgani, uy-joy oliş böyiça qilingan barça harakatlar zoye ketgani yozilgan edi.

Vaziyatni örganiş uçun Gurlan tumani markaziga bordik. Oilaning yaşaş şaroiti, ahvoli bilan tanişdik.

78 yoşli Maşarip aka Matyaqubov farzandlari va nabiralari bilan Gurlan şaharçasi, Pahlavon Mahmud köçasi 116-uy, 1-xonadonda istiqomat qilyapti.

Ayni paytda 2 xonali xonadonda uçta oila, jami 11 jon yaşayotganini guvohi böldik. Maşarip aka va uning xotini Şukurjon opadan taşqari, uyda ularning ikki öğli va ikki kelini, şuningdek, kiçik öğli va qizi bilan nabiralari istiqomat qilişmoqda.

Maşarip akaning sözlariga köra, oila 2 yildan beri Gurlan tumani hokimiyatiga uy-joy masalasida murojaat qilmoqda, biroq heç qanday natija bölmayapti.

«30 yil davomida kommunal xöjaligi idorasida işlab, nafaqaga çiqdim. Mana hozir farzandlarim, kelinlarim, nabiralarim bilan tor uyda yaşayapmiz. 2018 yil yanvar oyida mahalla qömitasida yiğiliş ötkazib, uy-joy ajratilsin degan tavsiyanoma berildi. Ularning orasida biz ham bor edik. Ammo keyinçalik, bu iş töxtab qoldi. Sababi, uy-joy qandaydir ball tizimi orqali ajratilar ekan.

Xorazm viloyati hokimining Çinobod posyolkasida ötkazilgan qabulida qatnaşib, undan şaxsan iltimos qilgan edim. U uç kun içida komissiya bilan örganib, muammo hal qilinişi haqida topşiriq berdi, ammo mana hozirgaça ahvol özgarmadi.

Öğil nabiralarim bilan bir xonada yotamiz. Bundan taşqari, ikki kelinim ham bor. Kampirim esa kasal, örnidan turolmaydi. Mana koridorda yotibdi. Ikki xonali xonadondagi ahvol mana şunday», - dedi Maşarip aka.

Maşarip akaning 70 yoşli turmuş örtoği Şukurjon opa xastaligi bois, örnidan turolmaydi va uyning koridorida yotişga majbur.

«Örnimdan turolmayman, köçaga çiqolmayman. Mana şu koridordagi joyimda yotaman, şu yerda ötiraman, şu yerda uxlayman. Bu ahvolimdan kelinlarim, nabiralarim oldida juda nomus qilaman. Kelinlarim yaxşi, hammasi menga qarab, xizmat qilib turibdi. Ammo mana şu joyimga mixlanib qolganman.