Özboşimçalik bilan qurilgan bino va inşootlarni aniqlaş hamda bartaraf etişda davlat arxitektura nazoratini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi va uning kuçga kiriş sanasi 27.06.2025 yil etib belgilandi.

Jismoniy va yuridik şaxslar özboşimçalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inşootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto va video materiallarni Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi yoki uning hududiy boşqarmalariga körib çiqiş uçun «Ogoh fuqaro» platformasi orqali yuborişlari mumkin.

Vakolatli organ davlat arxitektura nazorati tadbirlarini ötkazişda öz vakolatlari doirasidan çetga çiqmasligi va nazorat predmetiga taalluqli bölmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi kerak.

Bino va inşootni özboşimçalik bilan qurgan şaxs uni 15 sutka içida öz hisobidan bartaraf etişi şart.

Körsatilgan muddat tugagaç, vakolatli organ sudga bino yoki inşootni majburiy buzib taşlaş töğrisida da’vo arizasi kiritadi.