“Toshshahartransxizmat” va uning tarkibidagi korxonalarda juma kunlari xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi
“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan navbatdagi buyruq qabul qilindi. Unga ko‘ra haftaning har juma kunida jamiyat va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi, deb xabar berdi jamiyat matbuot xizmati.
Xabarda bildirilishicha, shu kuni barcha rahbarlar va boshqa xodimlar o‘zlariga ajratilgan xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda jamoat transportida ishga keladilar va kun davomida ehtiyojga qarab jamoat transportidan foydalanadilar.
“Vaziyat taqozosi bilan boshqa kunlarda ham rahbarlar erta tongdan avtobusda yurib, transport xizmati sifatiga yo‘lovchi nazari bilan e'tibor qaratadilar. Bu jarayonda yo‘lovchilar kayfiyati, ularning noroziligiga sabab bo‘layotgan muammolarni o‘rganadilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir rahbar oddiy yo‘lovchi sifatida avtobusda kechadigan jarayonlarni bevosita kuzatsin, u yerdagi muammolarni yurakdan his etsin. Shu asnoda ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib, o‘z-o‘ziga bo‘lgan talabchanlik hamda mas'uliyatni yana oshirishsin”, deyiladi xabarda.
Tizim rahbariyati bu jarayonda haydovchi va chiptachilarning maxsus kiyimdaligiga, tashqi ko‘rinishi, sanitariya va gigiyena talablariga mosligiga, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan muomala madaniyati, yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi, oraliq bekatlarda ortiqcha turib qolish kabi qator masalalar ustidan nazorat olib boradi. Aniqlangan kamchilik va muammolardan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilanadi.
“Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan yana bir muhim jihat, jamiyat tomonidan poytaxt yo‘llaridagi transport tirbandligining oldini olishga, atmosfera musaffoligini ta'minlashga hissa qo‘shishdir”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:59 / 16.08.2024
Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi
07:56 / 19.07.2024
Toshkentda «G‘alabaning 40 yilligi» avtobus bekati qulab tushdi
16:31 / 09.04.2024
Toshkentda yo‘lovchining qo‘lini qisib qolgan holda harakatlangan avtobus haydovchisi ishdan ketdi
19:49 / 26.02.2024