Turkmaniston bir oydan beri chegarada ushlab turgan tojik yuk mashinalarini o‘tkaza boshladi

Foto: haqqin.az
5 oktabrdan bir oydan beri Turkmaniston chegarasida turgan tojik yuk mashinalari Tojikiston tomon va ortga o‘tkazila boshlandi.
“Tojik yuk tashuvchilariga tegishli mashinalar 5 oktabrdan chegaradan o‘tkazila boshlandi. 4 oktabrda Tojikiston uchun mo‘ljallangan Eron va Turkiyaga qarashli yuk mashinalar o‘tkazila boshlangan”, deb ma'lum qilingan Tojikiston transport vazirligida.
Ma'lum qilinishicha, bu vaqt ichida temir yo‘l yuklari harakatlanishi ham taqiqlangan. Ta'kidlanishicha, 5 oktabrdan bu yuklar ham chegaradan o‘tkazila boshlangan.
Bu orada tojik transportining Turkmaniston chegarasida uzoq vaqt to‘xtatib turilgani sababi ma'lum qilinmagan.
Turkmaniston bojxonachilari avgust oxiridan Tojikiston uchun mo‘ljallangan va Tojikistondan eksport qilinuvchi yuklarni o‘z hududidan o‘tkazmay qo‘ygan.
Tojikiston transport vazirligi yuk mashinalarining ushlanishi sababini tushuntirish iltimosi bilan Turkmanistonga murojaat qilgan. Biroq Tojikistondagi rasmiy idoralar Turkmanistondan bu borada javob olinganini na tasdiqlashgan va na rad etishgan.
Biroq Tojikistonning tegishli idoralaridagi manbaning ta'kidlashicha, Turkmaniston murojaatga darhol javob berib, yuk mashinalar qatnovi cheklanishini o‘z hududidagi xavfsizlik masalalari bilan bog‘lagan.
“Aslida esa siyosiy sabablar bo‘lishi mumkin. Tojikiston kelgusida o‘z yuklari tranziti uchun hozirda iliq munosabatlarda bo‘lgan O‘zbekistondan foydalanishni ma'qulroq ko‘rayotganini aytmoqda. Bu esa Turkmaniston hukumatiga yoqmagan bo‘lishi mumkin”, deb aytgan manba.
Tojikistonning rasmiy idoralari bu mavzuda suhbatlashishdan tiyilmoqdalar. Bir amaldorning aytishicha, ularga bu masala bo‘yicha izoh bermaslik buyurilgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar
Jahon | 16:07
-
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Jamiyat | 15:21
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
Mavzuga oid

17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida

17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

10:55 / 06.05.2025