Isroil-Ğazo çegarasi yaqinidagi Isroil tanki. Foto: Amir Koxen / REUTERS

AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoffning Ğazo böyiça sulh rejasi Isroil tomonidan ma’qullandi. Ğazoga humanitar yordam kirişini ta’minlaş va hududdagi uruşni töxtatiş böyiça xalqaro bosim kuçayib borayotgan paytda işlab çiqilgan taklif 29 may kuni Oq uy tomonidan Hamasga yuborilgan.

«Şuni tasdiqlayman: maxsus vakil Uitkoff va prezident Hamasga sulh taklifini yubordi, bu taklifni Isroil qöllab-quvvatladi. Taklif Hamasga yuborilişidan avval Isroil tomonidan imzolangan. Muzokaralar davom etmoqda va umid qilamizki, Ğazoda sulh örnatiladi, şunda biz barça garovdagilarni uyiga qaytara olamiz», dedi Vaşingtonda bölib ötgan matbuot anjumanida Oq uy matbuot kotibi Karolin Levit.

Karolin Levit / The New Republic

AQŞ Davlat departamenti vakili Temmi Bryus esa Hamas Isroil tomonidan qöllab-quvvatlangan bu sulh rejasini ma’qullaydimi-yöqmi, aniq emasligini aytgan. U «muayyan umidlar borligini» bildirgan va uşbu yangi taklif «katta salohiyatga ega» ekanini ta’kidlagan.

Sulh nimadan iborat?

Isroildagi manbaning ma’lum qilişiça, kelişuvning boşlanğiç bosqiçi 60 kunlik sulh va BMT nazoratidagi gumanitar yordam oqimini öz içiga oladi.

Stiv Uitkoffning yangi taklifi tafsilotlari ommaga oşkor qilinmagan. Biroq Hamas rasmiysi va ismi oşkor etilmaslik şarti bilan Misr rasmiysi ayrim tafsilotlarni mustaqil tarzda tasdiqlagan. Reuters naşriga köra, yangi taklif quyidagilarni öz içiga oladi:

  • 60 kunlik jangovar harakatlarni töxtatiş;