Jizzax viloyatida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan Şohrux Abdunazarov köplab odamlarni heç kim kutmagan usulda çuv tuşirib ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga uşbu şaxsdan jabrlangan bir neçta fuqaro ma’lum qildi. Ular prokuratura va IIBga qilingan murojaatlardan iş çiqmayotganini aytmoqda.
Metallolom “biznesi”
Bu firibgarlik işi sotuvga qöyilgan oğir vaznli transport vositalari bilan boğliq. Respublikaning turli hududlarida yaşovçi fuqarolar OLX platformasiga transport vositasini sotiş böyiça e’lon joylaştirgan. Uşbu e’lonlar orqali xaridor sifatida kelgan Şohrux Abdunazarov savdolaşib, dastlabki tölov sifatida ma’lum miqdorda pul tölagan. Tölovning qolgan qismini keyinroq keltirib beriş haqida tilxat yozib bergan.
Nasiya savdoga transport vositasi egalari ham köngan. Çunki sotuvga qöyilgan transport vositalarining aksariyati eski, ayrimlari hatto yaroqsiz holda bölgan. Bunday eski transportlarga ha deganda xaridor topilavermasligi aniq.
Şohrux Abdunazarov şu tariqa qölga kiritgan traktor va “gruzovik”larni olib ketib, metallolomga pullab yuboravergan. Ularning egalariga esa va’da qilingan paytda pullarni tölamagan.
Traktordan “Kamaz”gaça bor
Şohrux Abdunazarovga aldanganlarning aksariyati Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatidan bölgan. Ularning ayrimlari çuv tuşganini bilgaç, xaridorni izlab borişgan. Biroq natija çiqmagan.
“Samarqand viloyatining Urgut tumanidanman. Şohrux Abdunazarov 2025 yil 2 mart kuni mendan “Kamaz” olib ketgan. 55 mln sömga savdo qilgandik. Oldindan 5 mln söm bergan va qolgan pulni 29 mart kuniga qadar keltirib berişini aytgan. Özi kelişuv böyiça oldindan 10 mln söm berişi kerak edi, ammo 5 mln söm berib, yana 5 mln sömni bank kartamga ötkazib yuborişini aytib ketgan.
Ammo şu bilan yöq bölib qoldi. Uni izlab bordim. Bilsam “Kamaz”ni metallolomga topşirib, sotib yuborgan ekan. Şohrux Abdunazarov yaşaydigan mahalla profilaktika inspektori menga özingiz yaşaydigan tuman içki işlar bölimiga murojaat qiling, dedi. Şunday qildim, 3-4 marta çaqirişdi, qidirilmoqda, topsak qönğiroq qilamiz, deyişdi. Ammo hali jim”, deydi özini Orif deb taniştirgan jabrlanuvçilardan biri.



















