Fotima Möydinova oilada kenja farzand. U ota-onamga yordam bölsin deb suvoqçilik kasbini tanladi. Suvoqçi qizning qölidan kelmaydigan işning özi yöq: beton quyadi, ğişt, devor uradi, imorat tomini yopa oladi. Ustaçilikning barça yönalişida özini sinab körgan. Fotima hozirda otasi bilan birga odamlarning uyida suvoqçilik qilyapti.
34 yoşli Fotima Rişton tumanining Oq-yer qişloğidan. Işlayotgan joyida erkaklarça şijoatini körib köpçilik yoqa uşlaydi.
“Yoşligimda qamiş örib sotardim. Zovurdan tepalikka qamiş olib çiqayotganimda bir odam meni kuzatib turgan ekan. Menga qarab bu yoqqa kel dedi. Notaniş odamning yoniga borsam men bilan işlaysanmi, dedi. Qanaqa işligini sörasam suvoqçilik dedi. Xullas, usta öziga şogird tuşişimni söragan. Ikkilanib ham ötirmadim. Çunki şaroitim şuni taqozo qilardi. Öşa kunlar otam işlamay qöygan. Oilada qiyinçilik bor edi.
Öşa ustamga mingdan ming rahmat. Ustam tufayli suvoqçilikni örgandim. Endi hammaga birdek yordamim tegyapti.
Bir oyda kamida 7 million söm pul topaman. Allohimga şukur, şu yetadi. Bundan taşqari tovuq boqib sotaman.
18 yoşimdan beri suvoqçilik qilaman. Oilada bir öğil, beş qizmiz. Men kenjasiman.

Köpçilik bu iş senga oğirlik qiladi, suvoqçi bölişing şartmi deyişadi. Odam özi qiziqqan işni qilişi kerak-ku.
Ayol kişining suvoqçilik qilişi köpçilikka qiziq tuyuladi. Ğişt quyiş ham qölimdan keladi, beton quyiş, uylarga “zasifka” qiliş, devor uriş, pol qoqiş, “styaşka” quyiş, öçoq, tandir yasaş, ana şunday işlar ham qölimdan keladi.

Otam ilgari “Belarus” traktor haydardi. “Belarus”da öynardim. Otam qayerda bölsa, men ham öşa yerda edim. Orqasidan qidirib borardim. Öqişga qiziqmaganman. Traktor haydaş ham qölimdan keladi.
Ayni kunlarda otam bilan birga odamlarning uyida suvoqçilik qilyapmiz. Odamlar har xil. Har xil şaroitda yaşaydi. Birovning qöli yupqa. Iloji boriça şaroiti oğir odamlardan xizmat xaqini kam olaman.



















