Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jiddiy choralar»: Saudiya Arabistoni G‘arbning sanksiyalar tahdidiga javob qaytardi
Saudiya Arabistoni mamlakatga qarshi qo‘llaniladigan sanksiyalarga javoban o‘zining jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rnidan foydalanishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar bergan, deb yozmoqda Bloomberg.
«Qirollik o‘ziga qarshi qo‘llanilgan har qanday choralarga yanada qat'iyroq choralar bilan javob qaytarilishini ta'kidlaydi, — deb xabar bergan TIV. — Qirollik iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotida ta'sirli va asosiy rolni o‘ynaydi».
13 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agar jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolishiga Saudiya Arabistoni aloqador bo‘lib chiqsa, Ar-Riyodga nisbatan «qat'iy jazo choralari» qo‘llanilishini aytib tahdid qilgandi. Tramp mazkur axborot tasdiqlansa, AQSh «juda g‘azabga kelishi va norozi bo‘lishi»ni qayd etib o‘tgan.
Britaniyaning Independent gazetasi o‘z navbatida, Britaniya hokimiyati Qoshiqchining yo‘qotilishi munosabati bilan sanksiyaga duchor qilinadigan saudiyalik amaldorlarning ro‘yxatini tuzishni boshlab yuborgani haqida yozib chiqdi.
Washington Post jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘zini Saudiya Arabistonidan qochgan ko‘ngilli qochoq hisoblar, u Turkiyada yashab, Saudiyaning joriy hokimiyatini tanqid ostiga olib kelar edi.
2 oktabr kuni jurnalist o‘tkaziladigan to‘yi arafasida hujjatlarni olish uchun Saudiyaning Istanbuldagi konsulligiga kirgan, shundan beri uni hech kim ko‘rmagan. Turkiya hokimiyati Qoshiqchining konsullikda o‘ldirilganini isbotlovchi video va audioyozuvlarga ega ekanligini ta'kidlamoqda. Anqaraning ma'lumotlariga ko‘ra, Qoshiqchining yo‘qolishidan bir necha kun avval Saudiya konsulligiga 15 nafar saudiyaliklar kelgan va ular jurnalistni qatl qilishgan. Ar-Riyod barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
23:20 / 18.11.2022
Bayden ma’muriyati Saudiya shahzodasi Qoshiqchi qotilligi ishi bo‘yicha daxlsizlikka ega ekanini aytdi
17:06 / 23.06.2022
Saudiya shahzodasi Anqaraga keldi. Bu Turkiya bilan munosabatlar iliqlashishiga sabab bo‘ladimi?
09:31 / 21.10.2020