Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulxonasida 2018 yil oktyabrda öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçining qalliği Xadija Çingiz Vaşingtonda joylaşgan notijorat taşkiloti bilan birgalikda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonni sudga berdi.

Bloomberg axborot agentligining advokatga tayanib xabar berişiça, Çingiz Saudiya valiahd şahzodasini Qoşiqçining öldirilişiga aloqadorlikda ayblamoqda. 

Ma'lum qilinişiça, AQŞdagi federal sudga Qoşiqçining qalliği va marhum jurnalist tomonidan taşkil etilgan Democracy for the Arab World Now (Arab olami uçun hozirdayoq tinçlik) deb nomlangan taşkilot arz qilgan. Ta'kidlanişiça, 7 ta ayblov bandidan iborat arznomada podşohlikning yana 28 fuqarosi tilga olingan.

Qoşiqçining öldirilişi böyiça Saudiya Arabistonida yakuniy hukmlar joriy yilning 7 sentyabrida öqilgan. Unga köra, 5 kişi 20 yillik, bir kişi 10 yillik va 2 kişi 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Rasmiy Ar-Riyodning siyosati haqidagi tanqidiy maqolalari bilan ma'lum bölgan jurnalist AQŞda yaşagan va The Washington Post naşri bilan hamkorlik qilgan. U 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş kolsunxonasiga taşrifi vaqtida izsiz yöqolgan. 20 oktyabrda esa Saudiya Arabistoni rasmiylari Qoşiqçi konsulxonada çiqqan nizo vaqtida öldirilganini ma'lum qilgan.

Xalqaro hamjamiyat uşbu qotillikni qoralagan va Ar-Riyodni u böyiça şaffof tergov ötkazişga çaqirgan. Tergovning dastlabki natijalari 2018 yilning 15 noyabridayoq e'lon qilingan. Öşanda Ar-Riyodning ta'kidlaşiça, jurnalistni öldiriş emas, Saudiya Arabistoniga olib çiqib ketişmoqçi bölgan.