Iqtisodiyot | 12:04 / 17.10.2018
9007
1 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi hukumat zaxira fondini yana 200 mlrd so‘mga oshiradi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis Senatining 2018 yil 28 sentabr va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018 yil 30 avgustdagi qarori munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qo‘shimcha, avvaldan nazarda tutilmagan xarajatlarni moliyaviy yil davomida o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirishni ta'minlash maqsadida tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yilga tasdiqlangan zaxira fondi parametri 263,4 mlrd so‘mni tashkil etadi, ulardan 99,8 foizi O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq o‘zlashtirilgan.

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondi hajmini respublika byudjyeti qo‘shimcha daromadlari hisobidan 200 mlrd so‘mga oshiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid