Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda saylovlar kuni portlashlar seriyasi, 15 kishi halok bo‘ldi
Foto: EPA-EFE/JAWAD JALALI
Afg‘onistonda shanba kuni bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovlarida sodir etilgan hujumlar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 110dan ortiq inson jarohatlandi. Bu haqda Pajhwok agentligi Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Shu bilan birga, davlat agentligi qanday turdagi hujumlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ma'lumotlariga ko‘ra, poytaxtda saylov uchastkalari yonida hammasi bo‘lib 15taga yaqin portlash sodir bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi, o‘z navbatida, 15ta hodisa faqat poytaxtda emas, balki butun mamlakat bo‘ylab ro‘y berganligini xabar qildi. Bunda qo‘lbola portlovchi qurilmalardan foydalanilgani aytiladi.
Shanba kuni Afg‘onistonning 32 viloyatida saylov uchastkalari ochildi, fuqarolar mamlakat parlamentining Xalq palatasi (quyi palata) deputatlarini saylamoqda. Saylov kuni saylovchilarni himoya qilish uchun 70 mingdan ziyod IIV xodimi va harbiy xizmatchilar jalb etildi. Xavfsizlik tuzilmalari «Tolibon» radikal harakati tomonidan tahdidlar tufayli oshirilgan jangovar shay holatga kelishdi, ushbu harakat saylovlar o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
15:20 / 05.02.2026