Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lovlar undiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Hayvon egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lovlar undirish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, hayvon egalari:
veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat to‘g‘risida, shuningdek, hayvonlarda o‘tkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari, ularga ko‘rsatilgan veterinariya xizmati uchun to‘lovlar miqdorlari haqida axborot va boshqa ma'lumotlarni olish;
identifikatsiya qilish bo‘yicha davlat veterinariya xizmati bilan shartnomalar tuzish;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish;
veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
o‘zlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya tadbirlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar bundan mustasno;
hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish bo‘yicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini, shuningdek, to‘liq hajmda davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishini ta'minlash;
hayvonga berilgan identifikatsiya raqamini saqlovchi atributi va veterinariya pasporti uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga majburdir.
Hayvon egalaridan hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun to‘lov miqdori quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Yirik shoxli mollar ot, eshaklar va tuyalar – eng kam ish haqining 2 foizi;
Mayda shoxli mollar, cho‘chqa – eng kam ish haqining 1,5 foizi;
It va mushuklar – eng kam ish haqining 1 foizi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari veterinariya muassasasi va hayvon egalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Shartnomada hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlarini olish muddatlari, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilanadi.
Mavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
10:47 / 24.12.2025
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
11:22 / 11.12.2025