Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qobuldagi saylov uchastkalarida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi
Foto: EPA
Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi saylov uchastkalarida bir nechta portlashlar yuz berdi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) xabar bermoqda.
Hodisa haqida batafsil ma'lumotlar hozircha berilmayapti. Mahalliy OAV portlashlar haqida xabar bermadi, hukumat tomonidan bu borada izoh berilmadi.
Bu yil Ulusi Jirg‘adagi deputatlik o‘rinlari uchun 2,5 mingdan ortiq nomzod kurashadi. Ularning 205 nafari 26ta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan bo‘lsa, qolganlar mustaqil nomzodlardir. Saylovlar Afg‘onistondagi 34 viloyatdan 32tasida o‘tkaziladi – G‘azni viloyatida saylovlar 2019 yil bahorida va Qandahorda bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Mamlakat bo‘yicha bugungi saylovlarda jami 7,5 mingta saylov uchastkasidan 5 mingtaga yaqini ishlaydi – qolganlari xavfsizlik nuqtai nazaridan ishlamaydi. Saylovlarning dastlabki natijalari noyabrning birinchi o‘n kunligida, yakuniy natijalari esa 20 dekabrda e'lon qilinadi.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani saylovlarda ovoz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026