Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta'lim töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Umumiy örta ta'lim töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.
Umumiy örta ta'lim töğrisidagi nizomga köra, umumta'lim muassasasi yuridik şaxs hisoblanadi va öz ustaviga, mustaqil balansiga, şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga (davlat ta'lim muassasalari uçun), bank hisob raqamlariga, öz nomi körsatilgan muhrga (davlat umumta'lim muassasalarining muhrida Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşiriladi), ştampga va blankalarga ega böladi.
Umumta'lim muassasasining ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organida davlat röyxatidan ötkaziladi.
Umumta'lim muassasalarining namunaviy ustavi Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat umumta'lim muassasalarida umumiy örta ta'lim oliş bepul amalga oşiriladi.
Umumta'lim muassasasida ta'lim oliş tilini tanlaş Özbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuniga muvofiq amalga oşiriladi.
Davlat ta'lim standartlariga muvofiq har bir şaxsning ta'lim va tarbiya olişdagi konstitutsiyaviy huquqini röyobga çiqariş örta ta'limning maqsadi hisoblanadi.
Örta ta'lim öquvçilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlaş, taşkilotçilik qobiliyati va amaliy tajriba könikmalarini rivojlantiradi.
Öquvçilariga maxsus va çuqurlaştirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar böyiça kasbiy ta'lim beradi.
Umumiy örta ta'limning vazifalari quyidagilardan iborat:
öquvçilar tomonidan muntazam bilimlar olinişini ta'minlaş, ularda bilim oliş ehtiyojini rivojlantiriş, bazaviy öquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni şakllantiriş;
öquvçilarda milliy hamda umumbaşariy qadriyatlarni uyğunlaştiriş asosida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalaş, öz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni şakllantiriş;
ta'lim-tarbiya jarayoniga öqitişning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş orqali ta'lim sifatini oşiriş;
öquvçilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlaş, qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, ularning yuksak darajada ta'lim-tarbiya olişlari, ijodiy imkoniyatlarini şakllantiriş va rivojlantiriş uçun şart-şaroit yaratib beriş;
mehnat qiliş va mustaqil ijodiy fikrlaş könikmalarini şakllantiriş, öquvçilarni kasbga yönaltiriş, öquvçilar uçun maxsus va çuqurlaştirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar böyiça kasbiy ta'lim beriş.
Umumiy örta ta'lim boşlanğiç ta'lim (I - IV sinflar), tayanç örta ta'lim (V-IX sinflar) hamda umumiy örta (X-XI sinflar) bosqiçlaridan iborat bölib, kunduzgi ta'lim şaklida amalga oşiriladi.
Öquv yili umumta'lim muassasalarida 2 sentabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va törtta çorakka bölinadi.
Öquv-tarbiya jarayonini taşkil etişda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
öquv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uçun 33 hafta);
öquv haftasining davomiyligi - 6 kun (pedagogik kengaşning qaroriga köra I-IV sinflar uçun 5 kun);
dars maşğulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars maşğulotlari oraliğidagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa (öquv kuni örtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 — 30 daqiqa).
Mehnat töğrisidagi qonun hujjatlarida bayram (işlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars maşğulotlari ötkazilmaydi.
Bayram (işlanmaydigan) kunlariga töğri kelib qolgan dars maşğulotlarining mavzulari öquv dasturlarini ixçamlaştirgan holda keyingi dars maşğulotlarida ötkaziladi.
Belgilangan me'yorlar böyiça tegişli maydonga ega bölgan umumta'lim muassasasining sinflari töliqligi 35 nafardan ortib ketişiga yöl qöyilmaydi.
Namunaviy loyihalar böyiça qurilmagan, moslaştirilgan binolarda joylaşgan, öquvçilar soni yetarli bölmagan umumta'lim muassasalarida, olis (toğli, çölli) aholi punktlarida joylaşgan umumta'lim muassasalarida, şuningdek özbek tilida öqitilmaydigan umumta'lim muassasalarida öquvçilar soni sinflarni töldirişning öziga xos şart-şaroitlaridan kelib çiqib, tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlari va tuman (şahar) hokimliklarining moliya bölimlari bilan kelişilgan holda belgilanadi.
Kam komplektli umumta'lim muassasalarida (filiallarda) boşlanğiç sinf öquvçilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlaştirilişi mumkin:
öquvçilar soni 8 nafargaça bölgan I - IV sinflar;
öquvçilar soni 12 nafargaça bölgan uçta boşlanğiç sinf;
öquvçilar soni 24 nafargaça bölgan ikkita boşlanğiç sinf (I va III, II va IV sinflar).
Malakali öqituvçilar yetarli bölgan quyidagi hollarda sinfdagi öquvçilarni ikki guruhga bölib öqitişga ruxsat etiladi:
öquvçilar soni 25 nafar va undan ziyod bölgan umumta'lim muassasalarining I - XI sinflarida "Çet tili" fani, ayrim fanlarga ixtisoslaştirilgan umumta'lim muassasalarida ixtisoslaşgan fanlar, V - XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari", ta'lim tili özbek tili bölmagan umumta'lim muassasalarining II - XI sinflarida "Özbek tili" fani hamda ta'lim tili rus tili bölmagan umumta'lim muassasalarining II - XI sinflarida "Rus tili" fani;
öquvçilardan qat'iy nazar VIII-XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”, V-IX sinflarda “Texnologiya”, X-XI sinflarda “Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik” fanlari (öğil va qiz bolalar).











