Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi parlament saylovlarida saylovchilarning uchdan bir qismi qatnashdi
Afg‘oniston milliy assambleyasi (parlament)ning xalq palatasi (quyi palata)ga saylovlar yakunlandi. Aksariyat saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 00:00da yopildi, yakshanba kuni 400ga yaqin saylov uchastkasi shanba kuni ovoz berolmagan saylovchilar uchun yana ochiladi.
Mustaqil saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarda 3 mlndan ortiq yoki mamlakatdagi 8,8 mln saylovchining uchdan bir qismiga yaqini ishtirok etdi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxtda qayd etildi. G‘azni va Qandahorda xavfsizlik nuqtai nazaridan saylovlar keyinroq bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning 70 mingdan ortiq kuch tizimlari xodimlari 32 viloyatidagi 5 mingdan ortiq uchastka xavfsizligini ta'minladi.
Afg‘oniston IIV rahbari Vois Ahmad Barmakning ma'lum qilishicha, saylov kunida portlashlar natijasida 28 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakatda bir kun ichida terakt va qo‘lbola bombalar portlashi bilan bog‘liq 200ga yaqin holat qayd etildi. Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni Afg‘onistondagi hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Saylov komissiyasining bildirishicha, quyi palatadagi 249 o‘ringa, undan 68tasi ayollar uchun band qilingan, 2,7 ming kishi nomzodini qo‘ygan.
Mavzuga oid
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
15:20 / 05.02.2026