Sönggi ikki yilda (ha, aynan şu ötgan 24 oy içida) Özbekiston turizmining salohiyati böy körsatib, hukumat industriya ortidan mömay daromad topişni öylab qoldi. Töğri-da, sayyohlarni Özbekistondagi barça narsa qiziqtiradi: oçiq osmon ostidagi muzey-şaharlar, milliy taomdan tortib etno-folklor öyinlar, diniy qadamjolar, ekoturizm, qöyingki, hamma tomonlama turizmning istiqboli baland.
Joriy yilning 9 oylik statistik ma'lumotlariga köra, mamlakatga 3 mln. 900 mingdan ortiq sayyoh taşrif buyurgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki baravarga (1 mln. 888 ming) köpaydi. Ammo bir savol öylantiradiki, uning mohiyatida qaltislik jihati ham bor - turist deganda kimni tuşunişimiz kerak?
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov bunga qadar Turizmni rivojlantiriş qömitasiga rahbarlik qilgan paytlar qiziq gapni aytgandi: “Masalaga jiddiyroq nazar taşlasak, 70-80 foiz turistlar oqimi qöşni davlatlardan kirib kelayotgan mehmonlar hissasiga töğri keladi. Tabiiyki, ularning barçasi mehmonxonada tunamaydi, köpinça sayohat bir kunlik böladi”.
Demak, Jahon turizm taşkiloti metodologiyasi asosida hisoblangan raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Gap şundaki, bizni mehmonxonada tunab, restoranlarda ovqatlanadigan, qaytişda suvenir sotib olib, suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylaydigan sayyohlar qiziqtiradi. Abduhakimovning fikriça, 2017 yil, aslida, 200 ming atrofida sayyoh Özbekistonga kelgandi. Statistikaning qay uslubda, kim uçun va nima uçun tuzilişi keyingi masala, haqiqat şuki, köhna Movarounnahr öz salohiyatiga mos miqdordagi sayyohlarni ayni paytda jalb eta olmayapti.
Tanganing ikkinçi tomonida esa boşqa manzara paydo böladi: ana şu kelgan çet elliklarning ham aksariyati 35 yoşdan katta bölgan şaxslardir. Özbekiston yoş sayohatçilar uçun jozibador emasmi?
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi boşqarma boşliği Ötkirbek Xolbadalovning aytişiça, turistlarning 7 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar, 8 foizi MDH mamlakatlari (asosan, Ozarboyjon, Armaniston, Moldova, Rossiya va Ukraina), qolgan 85 foizi esa qöşni respublikalar hissasiga töğri kelmoqda.
“Nima uçun bunday katta körsatkiç yaqin mamlakat fuqarolari hisobiga boyitilmoqda, degan savol paydo bölişi tabiiy. Ma'lumki, uzoq masofa bosib kelgan köpçilik turistlar 2-3 kun içida sayohatini tugatib qaytib ketişni istamaydi. Turist uçun eng qulay sayohat nuqtasi yaşab turgan joyidan 4 soat uzoqlikda bölgani ma'qul. Şuning uçun xorijiy mehmonlarning katta qismi qirğiz, tojik, qozoq va turkman fuqarolaridan iborat. Taqqoslaş uçun, Qozoğistonda bu raqam umumiy miqdorning 89 foizini, Gruziyada esa 87 foizni qamrab olgan”, deydi u.













