Turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev Londonda Bolt kompaniyasining hamkor bozorlar böyiça global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekistonda Bolt platformasini işga tuşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib beriş, elektrosamokatlar xizmati kabi yönalişlarni öz içiga olgan platforma mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uçun qöşimça qulayliklar yaratişi qayd etildi.

Tomonlar Özbekistonning yirik şaharlaridan birida pilot loyihani amalga oşiriş va uni kelajakda kengaytirişga qiziqiş bildirdi.