Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistik toifadagi mashinalarni sertifikatlashtirish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasi Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqladi, deb yozmoqda Norma.
Endi olib kiriladigan, haydovchini hisobga olganda 8 nafar va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan turistik toifadagi avtotransport vositalari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining iltimosiga binoan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari bilan tartibga solinadigan avtomashinalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.
Ushbu qaror tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan. Ular Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qaroriga muvofiq avtomobillarni sertifikatlashtirishga doir talablar kuchaytirilib, transport vositalarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganidan shikoyat qilgan edilar.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026