Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi
Qatar poytaxti Dohada 25 oktabrda sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi. Unda O‘zbekiston faxri, afsonaviy Oksana Chusovitina ham ishtirok etadi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda sportchi chempionatga tayyorgarlik qo‘rmoqda.
Chusovitina kurash olib boradigan tayanib sakrash musobaqasi 27-28 oktabr kunlari, final bosqichlari esa 2 noyabrda o‘tadi. Chempionatning o‘zi 3 noyabrgacha davom etadi.
Chusovitina 1992 yilgi Olimpiya chempioni, 3 karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni hisoblanadi. Sportchi 7 ta Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Chusovitina Sport gimnastikasi shon-shuhrat zaliga nomi kiritilgan tarixdagi ilk amaldagi sportchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026