Jahon | 21:48 / 27.10.2018
34247
2 daqiqa o‘qiladi

Yer yuzidagi «eng dahshatli joy» minalardan tozalandi

Foto: AP

Shimoliy va Janubiy Koreya chegaradagi birlashgan xavfsizlik hududini minalardan tozaladi. Bu haqda CNN xabar berdi. Telekanalning bildirishicha, AQShning 42-prezidenti Bill Klinton bu yerni «sayyoramizdagi eng dahshatli joy» deb atagan.

Xabar qilinishicha, mazkur hududdan barcha minalar va qo‘riqlash postlari olib tashlangan, barcha o‘qotar qurollar olib ketilgan.

Chegarani demilitarizatsiya qilish operatsiyasi boshlanganidan buyon 14 mingta mina va 187ta boshqa portlovchi qurilmalar qazib olingan. Endilikda tomonlar chegaralarda joylashgan kuzatuv qurilmalarini olib tashlashi kutilmoqda.  

1 oktabr kuni Shimoliy va Janubiy Koreya harbiylari chegara hududini minalardan tozalashga kirishgani xabar qilingandi. Bu boradagi kelishuvga 18-20 sentabr kunlari Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreyalararo sammitda kelishilgan. 

Pxanmunjom punkti nomi bilan tanilgan birlashgan xavfsizlik hududi ikki Koreyani bo‘lib turuvchi demilitarizatsiya hududining bir qismi hisoblanadi. U dunyodagi eng xavfli chegara hududlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid