O‘zbekiston | 07:40 / 27.10.2018
4247
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston – Turkiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

Foto: TIV matbuot xizmati

26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Toshkent shahriga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Shefik Vural Altay boshchiligidagi delegatsiyasi qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabr oyida Turkiyaga va prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘onning joriy yil aprel-may oylarida O‘zbekistonga qilgan davlat tashriflari chog‘ida hamda keyingi oliy darajadagi ikki tomonlama aloqalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda o‘zaro tovar aylanmasining dinamik o‘sayotganligi o‘sib borayotganligi, 2018 yilning yanvar-sentabr oylarida bu ko‘rsatkich 1,52 mlrd. AQSh dollaridan oshganligi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40%ga ko‘proq natija ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu bilan birga ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni oshirish uchun zahira va yangi imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlandi.

Tadbirda qo‘shma madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonining istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston – Turkiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Turkiya elchisi Ahmet Bashar Shen ishtirok etdi.

Mavzuga oid