Tramp Rossiya va raketalar bo‘yicha yangi topshiriq berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Kongressi uchun O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha hisobot tayyorlash haqida topshiriq berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, hujjatda bitimning buzilishiga qarshi ehtimoliy javob choralari haqida ham so‘z yuritilishi mumkin.
«Men davlat kotibiga moliya vaziri, mudofaa vaziri, savdo vaziri va milliy razvedka direktori bilan birgalikda, 2019-moliyaviy yil uchun Milliy mudofaa himoyasi to‘g‘risidagi qonunning 1244-moddasiga muvofiq tarzda talab etiluvchi hisobotni kongressga taqdim etish haqida topshiriq beraman», - deyiladi Trampning qarorida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya NATOga shartini ma'lum qilgandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushkoning ma'lum qilishicha, NATO rahbariyati qarama-qarshilikdan bosh tortmaydigan bo‘lsa, Rossiya bilan normal munosabatlarga qaytishi imkonsizdir.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
09:20 / 08.10.2024