Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Aleksandr Gruşkoning ma'lum qilişiça, NATO rahbariyati qarama-qarşilikdan boş tortmaydigan bölsa, Rossiya bilan normal munosabatlarga qaytişi imkonsizdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun bizga şu narsa aniq ma'lumki, agar Rossiya - NATO munosabatlariga qaytsak, NATOning hozirgi qarama-qarşilik siyosatidan boş tortişi yuz bermasa, normallikning tiklanişi imkonsizdir», - dedi Gruşko.

U bu haqda «NATOning kelajagi: noaniqliklar manbalari va ehtimoliy rivojlaniş ssenariylari», deb nomlangan ekspertlar muhokamasi davomida ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO boş kotibi barça muammo Rossiyaning özini tutişida ekanini aytib ötgandi.