Atom energetikasiga oid bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun, 31 oktabr kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun “Jamoatchilikni atom energetikasi ustuvor jihatlaridan xabardor qilish” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbirda “O‘zatom” agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Vitaliy Dragunov, “Rusatom – Xalqaro tarmoq” kommunikatsiyalar departamenti direktori Ayrat Shavaliyev, “Ilm-fan energiyasi” atom energiyasi axborot markazi tarmog‘i eksperti, ”Rossiya atom hamjamiyati”ning ta'lim maslahatchisi Andrey Akatov va “Rosatom mamlakati” gazetasining bosh muharriri Yuliya Gileva ishtirok etdi.
Seminar doirasida O‘zbekistonning jurnalist va blogerlari Rossiya atom sohasi tajribasi va O‘zbekiston uchun zamonaviy yadroviy texnologiyalarga oid ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirla atom energetikasining ustuvor jihatlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi.
“O‘zatom” agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Vitaliy Dragunovning KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, atom energetikasining asosiy tamoyillaridan biri jamoatchilik va odamlarning bu haqida to‘liq va obektiv ma'lumotga ega bo‘lishidir.
“Odamlar ma'lumotlarning aksariyat qismini ommaviy axborot vositalaridan olishadi. “O‘zatom” agentligi atom energetikasi haqida xabardor qiluvchi jurnalistlarimizning buni haqqoniy, asosli va to‘g‘ri yetkazishlaridan manfaatdordir. Bugun RFning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan seminar – keng doiradagi o‘zbekistonlik jurnalistlarni atom mavzusiga jalb qilish sari tashlangan ilk qadam bo‘lib, bu ularning odamlarga zamonaviy atom texnologiyalari haqida to‘g‘ri ma'lumot yetkazishlari uchun xizmat qiladi”, - deydi mutaxassis.
Vitaliy Dragunovning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida o‘zbekistonlik jurnalistlarning amaldagi atom elektr stansiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun Rossiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlarga safari tashkil etilib, uning davomida AES ishchilari va mahalliy aholi bilan suhbatlashish hamda bu texnologiyaning xavfsizligiga shaxsan ishonch hosil qilish imkoni yaratiladi.
Seminarning ikkinchi qismida OAV vakillari uchun “Qanday qilib murakkab mavzu haqida oddiy va tushunarli yozish mumkin?” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Bundan tashqari, jurnalist va blogerlar atom elektr stansiyasi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Mavzuga oid
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024
AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi
15:00 / 14.10.2024
Fransiya radioaktiv chiqindilarni qozon va vilkalarga aylantirishni rejalashtirmoqda
20:57 / 08.10.2024