Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO qiruvchilari Rossiya bombardimonchilari sababli havoga ko‘tarildi
Foto: Maksim Tumanov / RIA Novosti
Britaniya qiruvchilari uncha uzoq bo‘lmagan masofada uchib o‘tgan Rossiya bombardimonchilari sababli Shotlandiya uzra havoga ko‘tarildi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Rossiyaning ikkita Tu-160 tovushdan tez harakatlanuvchi bombardimonchisi Norvegiyaning Barents va Norvegiya dengizlari qirg‘oqlariga yaqin hududda o‘quv parvozlarini amalga oshirdi. Bu NATOda tashvish uyg‘otdi, sababi alyans qo‘shinlari hozirda Norvegiyadagi Trident Juncture 2018 mashqlarida ishtirok etmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, rus bombardimonchilarining manyovrlari Britaniyani o‘z qiruvchilarini havoga ko‘tarishga majbur qildi, sababi Tu-160 janubga, qirollik tomonga qarab harakatlanishi mumkin edi.
Ta'kidlanishicha, Rossiya NATO qo‘mondonligini parvozlar amalga oshirilishi haqida xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya NATOga shartini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:26 / 10.02.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan migrantlar uchun jarima 12,5 baravar oshiriladi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06 / 10.02.2026