Jahon | 19:05 / 02.11.2018
8206
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh tomon yo‘l olgan migrantlar karvonida 270dan ortiq jinoyatchilar borligi aytildi

Foto: REUTERS

Meksika hududidan AQSh chegaralari tomon kelayotgan migrantlar karvoni ichida jinoiy o‘tmishga ega uch yuzga yaqin kishi bor. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi ogohlantirdi.

"Harakatlanayotgan karvon tarkibida 270 dan ortiq kishi jinoiy o‘tmishga ega, xususan, jinoiy to‘dalar a'zolari mavjud.  Ular orasida og‘irlashtiruvchi holatlarda qurol bilan hujum qilish, qurolli talonchilik, bolalar va ayollarga jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar bor", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlikning ma'lumot berishicha, ular yigirmadan ortiq davlat, jumladan, Hindiston, Afg‘oniston va Somali fuqarolaridir.

Bayonotda aytilishicha, karvon tarkibidagi o‘tmishi butkul noma'lum shaxslar AQSh xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishadi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlar karvonida jinoyatchilar borligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid